Huquq ustuvorligini taʼminlash – korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim omili

Adliya Vazirligi
Ulashish

Abstrak

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “o‘zbekiston respublikasida huquq ustuvorligini taʼminlash holatini aniqlashning samarali mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi pq–4951-sonli qarori qabul qilindi.

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

[1]
Vazirligi М. 2022. Huquq ustuvorligini taʼminlash – korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim omili. Uzbekistan Anti-Corruption Digest. 2, 1 (Mar. 2022), 15–16.

Mazkur qarorning asosiy maqsadi hududlarda qonun ustuvorligi va qonuniylikka rioya qilishning samarali mexanizmlarini yaratishni taʼminlashdan iborat bo‘lib, unda ushbu maqsadga erishish uchun qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini o‘rganish va baholash, aniqlangan huquqiy kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish zarurligi ko‘rsatilgan.

Shu bilan birga, qaror bilan qonun ustuvorligi indeksini hududlar kesimida shakllantirish uslubiyati tasdiqlanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tumanlar (shaharlar) bo‘yicha ushbu indeksni aks ettiruvchi 32 ta indikatorlar belgilandi.

Qarorda mazkur indikatorlar bo‘yicha 182 ta baholash mezonlari o‘z aksini topgan bo‘lib, shundan 111 tasi statistik maʼlumotlar va 71 tasi sotsiologik so‘rov natijalariga asosan shakllantiriladi.

Taʼkidlab o‘tish joizki, hududlarning qonun ustuvorligi indeksi statistik ko‘rsatkichlar hamda joylarda maʼlum yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalari asosida aniqlanadi.

Birinchi yo‘nalish – qonun hujjatlariga rioya qilinishi. Mazkur yo‘nalishda hududlarda qonunlar va qonunosti hujjatlari ijrosiga, maʼmuriy tartib-taomillarga rioya qilish va mulkiy huquqlarning daxlsizligini taʼminlash holatiga eʼtibor qaratiladi.

Ikkinchi yo‘nalish – fuqarolarning huquq va erkinliklarining taʼminlanishi. Ushbu yo‘nalishni tahlil qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qiynoqlar va asossiz ushlab turish holatlari, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining huquqlarini amalga oshirishda to‘siqlarning mavjud emasligi, fikr va so‘z erkinligidan foydalangan fuqarolar va jurnalistlarga bosim o‘tkazish, shaxsiy hayotga o‘zboshimchalik bilan aralashish holatlari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanganligi va asosiy mehnat huquqlarining taʼminlanganligi eʼtiborga olinadi.

Keyingi yo‘nalish odil sudlov va sud qarorlarining ijro etilishi bo‘lib, quyidagi indikatorlar asosida baholanadi: aholining sudlar orqali o‘z huquqlarini ro‘yobga chiqarish imkoniyatidan foydalanishi, sud qarorlari xolisligidan qanoatlanishi; aholining sud organlarida korrupsiya alomatlari mavjudligi haqidagi tasavvurlari; sudlarning davlat organlari taʼsiridan xoliligi; sudlar tomonidan protsessual muddatlarga rioya etilishi; sud qarorlarining lozim darajada ijro etilishi.

To‘rtinchi yo‘nalish huquq-tartibot o‘rnatilganligi va xavfsizlikning taʼminlanganlikdan iborat bo‘lib, hududlarda jinoyatchilik darajasi va huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligi, hududdagi jinoyatlarni aniqlash va ularga qarshi samarali chora ko‘rilishi, fuqarolarning adolatni “shaxsan” qaror toptirishga moyilligi indikatorlari asosida baholanadi.

Beshinchi yo‘nalish mahalliy ijro organlari faoliyatining samarali nazorat qilinishi bo‘lib, quyidagi indikatorlar asosida baholanadi: Xalq deputatlari Kengashi tomonidan hokimliklar faoliyatining nazorat qilinishi, mahalliy ijro organlari qarorlari bilan bog‘liq nizolarning maʼmuriy sudlarda ko‘rib chiqilishi, mahalliy ijro organlari masʼullarining sodir etgan huquqbuzarliklari uchun javobgarlikning taʼminlanishi, mahalliy ijro organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati.

Qarordagi oltinchi yo‘nalish – korrupsiyaga qarshi kurashishning samaradorligini tahlil qilishda ijro organlari mansabdor shaxslari tomonidan mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish holatlarining mavjudligi, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlari tomonidan mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish holatlarining mavjudligi, ijtimoiy sohada korrupsiyaning tarqalganlik darajasi, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda korrupsiyaning tarqalganlik darajasi, qarindosh- urug‘chilik, oshnaog‘aynigarchilik va mahalliychilik unsurlarining namoyon bo‘lish holatlari inobatga olinadi.

So‘nggi yo‘nalish – hokimiyat institutlarining shaffofligi yo‘nalishi mahalliy davlat hokimiyati organlarining ochiqligi, mahalliy ijro organlari tomonidan fuqarolarning axborot olish huquqi taʼminlanganligi, fuqarolarning mahalliy darajadagi qarorlarni qabul qilish jarayonidagi ishtiroki, mansabdor shaxslar xatti-harakatlari ustidan shikoyat berish mexanizmlaridan samarali foydalanish indikatorlari asosida baholanadi.

Bundan tashqari, qarorga muvofiq hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash maqsadida “Huquq ustuvorligi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushirildi.

Ushbu qaror tufayli qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi samaradorligini tekshirish imkoniyati yaratildi. Qonun ustuvorligini taʼminlash samaradorligini tekshirishning ushbu mexanizmi fuqarolik jamiyatini takomillashtirish, inson huquqlari himoyasini taʼminlashga va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish orqali korrupsiya omillarini bartaraf etishga xizmat qilishi lozim

Maqola yuklab olish

Statistika

Кўчирилди

Ko'chirilganligi xaqida ma'lumot yuk.

Maqola tafsilotlari

Annotasiyani ko'rishlar soni 19
inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов