Davlat xaridlari tizimida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

Olimjon Usarov
Ulashish

Abstrak

Korrupsiyaga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalarinnig ahamiyati, ularning davlat organlari bilan hamkorligi haqida to‘xtalib o‘tilgan.

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

[1]
Usarov О. 2022. Davlat xaridlari tizimida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar. Uzbekistan Anti-Corruption Digest. 2, 1 (Mar. 2022), 29–31. DOI:https://doi.org/10.47689/uacd-2181-3345--vol2-iss1-pp26–28.

Jamiyat ko‘zgusi hisoblangan ommaviy axborot vositalarida mamlakatimiz hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar, erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, taraqqiyot kushandasi bo‘lgan korruptsiyaga qarshi keskin kurash olib borilayotgani ham o‘z aksini topmoqda. Yurtdoshlarimiz bosma va elektron nashrlarda shu mavzuda berilgan xabarlar, tahliliy-tanqidiy maqolalarni o‘qib, korrupsiyaviy jinoyatlardan, qaysi sohalarda bu illat avj olganidan voqif bo‘layotgani ham ayni haqiqat.

Maʼlumki, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiyiqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.

O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining
5-moddasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ular aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, unga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini taʼminlashdan iboratdir.

Ushbu Qonunning 15-moddasida ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etish tartibi belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish, shu jumladan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni yoritadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. Ushbu sohada davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Ommaviy axborot vositalari garchi to‘rtinchi hokimiyat hisoblansa-da, o‘zidan oldindagi 3 ta hokimiyat ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda eng samarali vosita hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda, korrupsiyaga qarshi kurashishda bosma va elektron nashrlarining imkoniyatidan, bloger va jurnalistlarning salohiyatidan unumli foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Korrupsiya mansabdor shaxslarning egallab turgan lavozimidan, berilgan huquq va vakolatlaridan o‘z manfaati uchun, shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishi hisoblanadi. Agar korrupsiyaga qarshi o‘z vaqtida kurashilmasa, fuqarolarning olib borilayotgan islohotlarga ishonchi yo‘qoladi, bu jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarda adolatsizlikni vujudga keltiradi.

Afsuski, bugungi kunda biron sohada korrupsiya yo‘q deb aytish mushkul. Uning ildiz otib ketganini barcha sohalarda, hatto oddiy fuqaro bilan davlat idoralari rahbarlariyu xizmatchilarigacha bo‘lgan munosabatlarda ham ko‘rishimiz mumkin. Korrupsiya zanjirini uzish uchun kompleks yondashish zarur.

Keyingi yillarda mamlakatimizdagi barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, “Korrupsiyasiz soha” loyihasining amalga oshirilayotgani ham buning yaqqol isbotidir.

Prezidentimizning 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Agentlik faoliyatini olib borishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan, jumladan, korrupsiyaviy holatlar bo‘yicha davlat idoralari rahbarlarining shubha uyg‘otuvchi qarorlarini to‘xtatib turish, vazirliklarga bu haqida taqdimnoma kiritish vakolatiga ega.

Korrupsiyaga qarshi barcha sohalarda hamjihatlikda kurashish zarur. Bu jarayonda OAVlari eng yaqin ko‘makchi va samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rtasida memorandum imzolanishi kutilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va ularni yoritish bo‘yicha uzoq muddatli va samarali hamkorlik o‘rnatishdir. Taraflar korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlarini keng targ‘ib qilish, Uyushma va uning tarkibiy tarmoqlarida, tahririyatlarda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida jurnalistlar malakasini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.

Memorandum doirasida Uyushmaning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilanadi:

– korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni OAV da keng yoritish;

– OAVda korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning oshkoraligi va ochiqligini taʼminlash hamda aholining xolis baho berishi uchun imkoniyatlar yaratish;

– OAV va Agentlik o‘rtasidagi axborot hamkorligini takomillashtirish;

– korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularning oqibatlari, ularga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini OAVda keng targ‘ib qilish;

– korrupsiyaga qarshi kurashishga OAVni va keng jamoatchilikning eʼtiborini jalb qilish;

– OAVdagi yosh jurnalistlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish;

– jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratishda ishtirok etish;

– korrupsiyaga qarshi kurashishda erishilgan natijalar samaradorligi bo‘yicha keng jamoatchilikni xabardor qilish;

– davlat xaridlari sohasida shaffoflik va qonuniylikni taʼminlashdagi yutuqlar va kamchiliklar hamda o‘tkazilayotgan tender (tanlash) natijalarini OAV da yoritilishiga ko‘mak berish;

– “Halollik vaksinasi” tamoyili asosida uchrashuvlar va davra suhbatlarini tashkil etish.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi va uning hududiy kengashlari bilan ham hamkorlik qilib kelmoqda. Milliy kengash majlisining
6-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan reyting baholash metodikasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlarining
2021-yil va 2022-yil birinchi yarim yillikdagi OAV bilan hamkorlik faoliyati taqdim etilgan maʼlumotlar asosida reyting baholandi.

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalari, nodavlat-notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning birgalikdagi samarali faoliyatini taʼminlash Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining asosiy faoliyatidan biri sifatida belgilangan.

Reyting baholashda hududiy kengash faoliyatining OAVda yoritilgani, korrupsiyaga qarshi kurashish va “Halollik vaksinasi” mavzusiga oid davra suhbati, tanlov, aksiya va fleshmoblar tashkil etilgani, aholida korrupsiyaga nisbatan murosasiz kayfiyatni shakllantirishga qaratilgan ko‘rgazmali vositalar (rolik, banner, flayer, ko‘rsatuv, film va h.z.) tayyorlangani, korrupsiyaning oldini olish maqsadida yoshlar orasida muntazam tushuntirish va targ‘ibot tadbirlarining o‘tkazilgani, kengash faoliyatidan keng jamoatchilikni xabardor qilish uchun matbuot anjumanlari, brifinglar, press-turlar tashkil etilganiga alohida eʼtibor qaratildi.

Darhaqiqat, mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishda OAVlari bilan hamkorlik ijobiy samara beradi.

Maqola yuklab olish

Statistika

Кўчирилди

Ko'chirilganligi xaqida ma'lumot yuk.

Maqola tafsilotlari

Annotasiyani ko'rishlar soni 98
inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов