Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari va istiqboldagi rejalar

Agentlik korruptsiyaga qarshi kurash
Ulashish

Abstrak

So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi xalqaro hamjamiyat tomonidan eng dolzarb global muammolardan biri sifatida qabul qilinmoqda. Ushbu illat mamlakatlarning ichki muammosi bo‘lib qolmasdan, barcha mamlakatlar iqtisodiyotiga daxl qiluvchi transmilliy hodisaligi xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlik mexanizmlari yangilab borilmoqda

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

[1]
korruptsiyaga qarshi kurash А. 2022. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari va istiqboldagi rejalar. Uzbekistan Anti-Corruption Digest. 2, 1 (Mar. 2022), 39–43.

So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi xalqaro hamjamiyat tomonidan eng dolzarb global muammolardan biri sifatida qabul qilinmoqda. Ushbu illat mamlakatlarning ichki muammosi bo‘lib qolmasdan, barcha mamlakatlar iqtisodiyotiga daxl qiluvchi transmilliy hodisaligi xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlik mexanizmlari yangilab borilmoqda.

Bugungi kunga kelib, korrupsiyaga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik deyilganda, faqatgina xorijiy hamkor taraf tomonidan korrupsiya sodir etgan shaxslarni ushlab berish, tergov harakatlarini olib borish yoki aktivlarni qaytarish masalalari emas, balki tizim samaradorligini oshirish uchun tajriba almashish, kadrlar malakasini oshirish, hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, turli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar formatida tadbirlar tashkil etish, birgalikda ilmiy va sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish kabi keng ko‘lamli chora-tadbirlar tushuniladi.

BMT bosh kotibi A. Gutterish o‘zining
2021-yil 3-iyundagi maʼruzasida: “Hamkorlikda biz hisobdorlik, shaffoflik va yaxlitlik uchun yanada mustahkam tizimlarni yaratishimiz kerak”, – deya taʼkidlagan edi.

Korrupsiyaning davlatlar iqtisodiyoti, siyosati va ijtimoiy hayoti uchun halokatli taʼsirga ega ekanligini jonli misollar orqali bir nechta mamlakatlar inqirozida ko‘rishimiz mumkin.

Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashishda samarali amaliyotga ega bo‘lgan Singapur, Shvetsiya, Finlandiya kabi bir qator mamlakatlar bugungi kunda eng rivojlangan mamlakatlar qatorida eʼtirof etiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha har bir mamlakat o‘z tajribasi va amaliyotiga ega bo‘lib, ulardan jahonda keng tarqalgan 3 ta asosiy modellarni sanab o‘tishimiz mumkin:

 G‘arbiy Yevropa davlatlari modeli (ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jamoatchilik va biznes hamjamiyatning faolligini oshirish, davlat organlari va tashkilotlari shaffofligi va hisobdorligini taʼminlash);

 Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari modeli (kadrlar malakasini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashuvchi alohida institutlarni tashkil etish);

 AQSH modeli (korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari).

Mintaqaviy va xalqaro hamkorlik mexanizmlarini qo‘llash, yaʼni korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan qo‘shma tadbirlar tashkil etish, o‘zaro tajriba almashish, xalqaro tashkilotlar doirasida tavsiyalar ishlab chiqish, ilmiy va moddiy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash bilan mamlakatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirishga erishiladi.

Mazkur maqsadlarni ro‘yobga chiqarish, xalqaro hamjamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘p tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan
XX asrning so‘nggi yillaridan boshlab bir qator xalqaro hujjatlar qabul qilingan. Xususan:

 1996-yil 29-mart kuni Amerika davlatlari tashkiloti tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Amerikaaro konvensiya;

 1997-yil 26-mayda Yevropa Ittifoqi Kengashi tomonidan Yevropa hamjamiyatining mansabdor shaxslariga yoki Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlarning mansabdor shaxslariga daxl qilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Konvensiya;

 1997-yil 21-noyabrda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan Xalqaro tijorat amaliyotlarida xorijiy mansabdor shaxslarga pora berishga qarshi kurashish bo‘yicha Konvensiya;

 1999-yil 27-yanvarda Yevropa Kengashi vazirlar Qo‘mitasi tomonidan Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi Konvensiya;

 1999-yil 4-noyabrda Yevropa Kengashi vazirlar Qo‘mitasi tomonidan korrupsiya uchun fuqarolik-huquqiy javobgarligi to‘g‘risidagi Konvensiyasi;

 2003-yil 12-iyulda Afrika ittifoqiga aʼzo davlat va hukumatlar rahbarlari tomonidan Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga doir Afrika ittifoqi Konvensiyasi qabul qilingan.

Yuqoridagi hujjatlarning qabul qilinishi 2003-yil 9-dekabr kuni korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yagona xalqaro standartlarni o‘z ichiga oluvchi universal hujjat – BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasining qabul qilinishiga zamin yaratdi.

Bugungi kunga kelib, dunyoning 189 ta davlati Konvensiyani imzolagan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi 2008-yil 7-iyuldagi “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasiga
(Nyu-York, 2003-yil 31-oktabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonuni bilan Konvensiyaga qo‘shilgan. Konvensiyaning asosiy yo‘nalishlari sifatida profilaktika choralari, javobgarlik muqarrarligini taʼminlash va huquqni muhofaza qilish, xalqaro hamkorlik, aktivlarni qaytarish, texnik yordam va axborot almashish yo‘nalishlari belgilangan.

Taʼkidlash joizki, Konvensiyaning
6-moddasida har bir ishtirokchi davlat o‘z huquqiy tizimlarining asosiy tamoyillariga muvofiq, korrupsiyaning oldini olish ishlarini amalga oshiradigan organ yoki tegishli holatlarda organlar mavjud bo‘lishini taʼminlashi belgilangan.

Yurtimizda so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid bir qator konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ularda mazkur konvensiya va boshqa xalqaro standartlar talablari inobatga olindi.

Shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashishning institutsional asoslari takomillashtirilib, 2020-yil 29-iyun kuni sohaning rivojiga turtki bo‘ladigan ikki muhim hujjat – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatlar bilan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshiruvchi yangi tuzilma – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.

Agentlik mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik uchun masʼul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi sifatida belgilanib, uning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari qatoridan quyidagilar o‘rin olgan:

1. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro vositalarni joriy etish va samarali faoliyat ko‘rsatishini tashkillashtirish, sohadagi qonunchilikni takomillashtirish.

2. Sohada xalqaro standartlarni va ilg‘or xorijiy amaliyotni joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

3. Xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning qarzlaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilish, shuningdek, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

4. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda mamlakatning nufuzini mustahkamlash va uning xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Mazkur yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida Agentlik faoliyati davri davomida keng ko‘lamli ishlar bajarildi.

Xususan, barcha davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy usul va vositalarini keng joriy etish maqsadida “komplayens nazorat” tizimi yo‘lga qo‘yildi hamda Agentlik tomonidan BMT TD bilan hamkorlikda ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiq, vazirlik va idoralar faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini tashkil etishga doir 10 ta ichki idoraviy hujjatlarning namunalari ishlab chiqildi.

Bugungi kunda 12 ta vazirlik va idoralar mazkur sertifikatni qo‘lga kiritdi.

2021-yil davomida Agentlik va BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi tomonidan “Markaziy Osiyoda samarali boshqaruvda fuqarolik jamiyatlarining salohiyatini kuchaytirish” loyihasi amalga oshirildi. Mazkur hujjat doirasida korrupsiyani qabul qilish milliy indeksi metodologiyasi ishlab chiqildi, normativ hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish usullarini takomillashtirish, sotsiologik tadqiqotlar olib borish, xorijiy davlatlarning tajribasini joyida o‘rganish kabi masalalarda hamkorlik qilindi.

Shuningdek, Agentlik va YXHT o‘rtasida 2021–2022-yillarga mo‘ljallangan “Korrupsiyaga qarshi kurashishda O‘zbekistonda ko‘maklashish” loyihasi ishlab chiqilib, ikki tashkilot o‘rtasida imzolangan chora-tadbirlar rejasi asosida hujjat samarali amalga oshirilib kelinmoqda.

Loyiha doirasida davlat organlari va tashkilotlari ochiqligini taʼminlash hamda ochiq maʼlumotlar bilan ishlash bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda korrupsiya holatlari to‘g‘risida Agentlikka xabar beruvchi platforma (eanticor.uz) ishlab chiqildi hamda takomillashtirilib borilmoqda. Bugungi kunda ushbu platformaning mobil versiyasini ishga tushirish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, mazkur xalqaro tashkilot bilan hamkorlikda har oy o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladigan “Uzbekistan Anti-Corruption Digest” onlayn jurnali taʼsis etildi.

So‘nggi yillarda BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi va boshqa xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi:

– 2021-yilning noyabr oyida Konvensiyaning 10-moddasi (davlat sektorida hisobdorlik) talablarini bajarish va korrupsiyaga qarshi maxsus tadbirlarni xususiy sektorga joriy etishga faol ko‘maklashish maqsadida Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman hamda Agentlik tomonidan O‘zbekiston biznesining Korrupsiyaga qarshi kurashish xartiyasi eʼlon qilindi;

– yuqoridagi modda talabidan kelib chiqib, 2021-yil 16-iyunda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining shaffofligi va hisobdorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–6247-sonli Farmoni qabul qilinib, unga muvofiq, ochiq eʼlon qilinishi lozim bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar ro‘yxati tasdiqlandi;

– 2021–2022-yillar uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturida Konvensiya talablariga muvofiq, Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvchi moddalarning aniq ro‘yxatini belgilash, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun belgilangan jazo choralarini uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasigacha kuchaytirish, daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalash jarayonida aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlik o‘rnatish hamda korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy jazoni o‘tashda yengillashtiruvchi normalarni qo‘llashga doir cheklov o‘rnatish belgilandi.

Agentlik tomonidan xalqaro hamkorlar bilan birgalikda 50 dan ortiq yirik anjumanlar (forum, konferensiya, seminar-trening) tashkil etildi. Shuningdek, Agentlik faoliyati yo‘nalishlariga tegishli vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida xalqaro tashkilotlar, aksilkorrupsiya faoliyatini amalga oshiradigan xorijiy davlatlar masʼul organlari hamda elchixonalar vakillari bilan 100 dan ortiq uchrashuvlar tashkil etildi. Jumladan:

– BMTning Taraqqiyot dasturi, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi, YXHT, Xalqaro “Meros” jamg‘armasi, Germaniya Xalqaro hamkorlik jamg‘armasi (GIZ), “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD), Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi;

– Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Finlyandiya, Rossiya Federatsiyasi, Norvegiya, Shveysariya elchixonalari;

– Ukraina, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Xitoy Xalq Respublikasi, Tojikiston, Pokiston, Afg‘oniston, Moldova, Misr Arab Respublikasi, Malayziya va Singapur korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etilgan.

Xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari bilan hamkorlikka oid 7 ta hamkorlik to‘g‘risida memorandumlari va 3 ta hamkorlik dasturlari imzolandi.

Jumladan, Agentlik hamda BMTning Giyohvand moddalar va Jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Konrad Adenauer jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Qozog‘iston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Tojikiston Respublikasi Davlat moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha agentligi, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi va Hukumatlararo hamkorlik xizmati, Sloveniyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasi bilan memorandum va hamkorlik dasturlari imzolandi.

Shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi, Armaniston, Belarus, Moldova va Malayziya davlatlarining korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlari bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum loyihalari ishlab chiqilgan bo‘lib, bu borada hamkor tashkilotlar bilan kelishilmoqda.

Agentlik delegatsiyasining 7 ta xorijiy davlatlarga 5 marotaba xizmat safarlari tashkil etildi. (Ozarbayjon Respublikasiga, Germaniya, Fransiya va Avstriya, Misr Arab Respublikasiga va Qozog‘iston Respublikasiga).

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan har yili aksilkorrupsiya haftaligini tashkil etish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Haftalik doirasida BMT TD, BMT GJB, YXHT, YTTB, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti, Konrad Adenauer jamg‘armasi va UNICEF bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirlar doirasida turli daraja va formatlarda forum va konferensiyalar, ko‘rik-tanlovlar, aksiya va fleshmoblar, davra suhbatlari, treninglar hamda tok-shoular o‘tkazildi.

2021-yilning 16-iyun kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari rahbarlari va ombudsmanlarining 4-yig‘ilishi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda aʼzo davlatlar mutasaddi idoralarining 40 nafardan ortiq vakillari ishtirok etishdi.

Mazkur yig‘ilishda aʼzo davlatlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida mintaqaviy tajriba almashish, davlatlar o‘rtasida yagona korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati mexanizmini shakllantirish va uni amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, tizimda qo‘shimcha takliflar ishlab chiqish, sohada faoliyat yurituvchi xodimlarning kasbiy faoliyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilinib, IHTning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Mintaqaviy markazi nizomiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqishga kelishildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, hamkorlik samaradorligini va geografiyasini kengaytirish yuzasidan Agentlik tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Maqola yuklab olish

Statistika

Кўчирилди

Ko'chirilganligi xaqida ma'lumot yuk.

Maqola tafsilotlari

Annotasiyani ko'rishlar soni 118
inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов