Korrupsiyaga qarshi islohotlarga universal, hammaga birdek ishlovchi yagona yondashuv mavjud emas

Xachik Arutyunyan
Ulashish

Abstrak

— Korrupsiyaga qarshi kurashish doimo rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning kun tartibida turadi. Ayting-chi, rivojlanayotgan davlatlar misolida qaysi davlatning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha islohotlari sizning eʼtiboringizni tortdi va qaysi jihatlariga to‘xtalib o‘ta olasiz?

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

[1]
Arutyunyan Х. 2022. Korrupsiyaga qarshi islohotlarga universal, hammaga birdek ishlovchi yagona yondashuv mavjud emas . Uzbekistan Anti-Corruption Digest. 2, 1 (Mar. 2022), 45–48. DOI:https://doi.org/10.47689/uacd-2181-3345--vol2-iss1-pp41–43.

 Korrupsiyaga qarshi kurashish doimo rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning kun tartibida turadi.

Ayting-chi, rivojlanayotgan davlatlar misolida qaysi davlatning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha islohotlari sizning eʼtiboringizni tortdi va qaysi jihatlariga to‘xtalib o‘ta olasiz?

Korrupsiyaga qarshi kurashishda samarali natijalarga erishgan davlatlar misolida uzoq yillik “donolik” borligini ko‘rishimiz mumkin: muvaffaqiyatning asosiy tarkibiy qismi yuqori rahbarlardagi mavjud kuchli siyosiy irodadir. Korrupsiyaga qarshi kuchli “talab” mavjudligi ham juda muhim. Biroq qolgan ingrediyentlar bevosita har bir mamlakat kontekstiga bog‘liq bo‘ladi. Har bir mamlakatda qiyinchiliklar, muammolar har xil bo‘ladi va shunga yarasha tashxis ham turlicha bo‘lishi kerak. Korrupsiyaga qarshi islohotlarda universal, hammaga birdek ishlovchi yagona yondashuv mavjud emas.

Masalan, Armanistonda korrupsiyaga qarshi islohotlar bo‘yicha ko‘p ishlar qilingan bo‘lsa-da (Korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi, Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha komissiya, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sudyalar, Aktivlarni undirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tuzildi, xarajatlarning ham deklaratsiyasini joriy etish va deklaratsiya to‘ldirishi majbur bo‘lgan subyektlarning sonini kengaytirish yo‘li bilan aktivlarni deklaratsiyalash tizimi takomillashtirildi), lekin muvaffaqiyatning asosiy «maxfiy tarkibiy qismi» bu Bosh vazirning kuchli siyosiy irodasi bo‘ldi va shunday bo‘lib qolmoqda. Soliq va bojxona xizmatlari juda qisqa vaqt ichida jazolovchi tizimidan biznes uchun qulaylik yaratuvchi tizimga aylandi.

Gruziyaga kelsak, mamlakatda politsiya, bojxona va soliq idoralari, davlat xizmatida qator islohotlar amalga oshirildi.

Va nihoyat, Butan Qirolligini oladigan bo‘lsak, mamlakat rahbari, yaʼni qirol u yerda ham islohotlarning lokomotiviga aylandi. Butan “Transparency International” tashkilotining korrupsiyani qabul qilish indeksida 68 ball to‘pladi va 180 mamlakat ichida 25-o‘rinni egalladi (yetarli darajada hurmatga sazovor pozitsiya). Butan kiritgan yangiliklaridan biri shundaki, uning Konstitutsiyasida korrupsiyaga qarshi kurash har bir fuqaroning huquqi va burchi ekanligi qayd etilgan.

— Xalqaro baholovchi tashkilotlar, asosan, o‘rganish natijalari bo‘yicha muammolarni keltirib o‘tishadi. Ammo aniq muammoga to‘g‘ri yo‘naltirilgan yechimlar juda ozdir, shundan kelib chiqib, qaysi baholovchi tashkilotlar bilan hamkorlik dasturlarini kengaytirish lozim deb o‘ylaysiz?

 Xo‘sh, men bu savolga to‘liq qo‘shila olmayman. Menimcha, qayd etilgan so‘rovlar natijalarining o‘zi tavsiyaviy harakatlar misolidir. Masalan, “Transparency International” tashkilotining korrupsiyani qabul qilish indeksini olaylik. Biz bilamizki, bu kompozit (turli ko‘rsatkichlar asosida tuzilgan) indeks bo‘lib, mamlakat ballining oshishi yoki kamayishi sabablarini osongina aniqlashtirishimiz mumkin. Misol uchun, agar past ball “Freedom House” tashkilotining “O‘tish davridagi mamlakatlar” xulosalari bilan bog‘liq bo‘lsa, demak, unda biz aynan nimalarni o‘zgartirishimiz va isloh qilishimiz kerakligini osonlik bilan tushunishimiz mumkin.

Men, haqiqatan ham, muhim deb bilgan narsa yillar davomida shakllanadigan hamda “Transparency International”, UNCAC koalitsiyasi va boshqalar kabi turli xalqaro nodavlat tarmoqlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ya oladigan kuchli fuqarolik jamiyatiga ega bo‘lishdir. Agar, masalan, O‘zbekistonda “Transparency International”ning rasmiy bo‘limi vujudga kelsa, shubhasiz, uning birinchi tadqiqot mahsulotlaridan biri bu korrupsiyaga qarshi kurashda fundamental tadqiqot hisoblanadigan va mamlakatning barcha kuchli va zaif tomonlarini ko‘rsatib beruvchi “Milliy halollik tizimini baholash” tadbiri bo‘ladi (unda nafaqat davlat sektori, balki xususiy sektor va fuqarolik jamiyati ham baholanadi).

— Korrupsiyaga qarshi kurashish huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, preventiv choralarni ko‘rish va jazo muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan elementlardan tashkil topgan jarayon hisoblanadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonini yaxlit 100% deb oladigan bo‘lsak, siz korrupsiyaga qarshi kurashish elementlarining o‘rnini (foizlarda) qay tartibda belgilagan bo‘lar edingiz?

 Bu qiziq savol. Fikrimcha:

99% – jazoning muqarrarligi;

0,5% – preventiv choralarni ko‘rish;

0,5% – xabardorlikni oshirish.

Nega men birinchi o‘ringa “Jazoning muqarrarligi”ni qo‘ydim? Albatta, bu yerda men jazolash jazolanuvchiga qarab, tanlab qo‘llanilmasdan, hech qanday kamsitishsiz, hammaga barobar qo‘llaniladigan universal vosita bo‘ladi, degan shart bilan aytyapman. Biroq nima uchun bu omilga 99% bog‘liq? Chunki bu siyosiy iroda mavjudligining ajoyib tasdig‘idir. Ko‘pgina mamlakatlarda biz korrupsiyaga qarshi juda kuchli qonunlarni ko‘rishimiz mumkin, ammo ularning ijrosi umuman yo‘q. Albatta, korrupsiyaga qarshi zarur institutsional va qonunchilik infratuzilmasini yaratish nihoyatda muhim, ammo bu infratuzilma adolatli, samarali va hech qanday kamsitishlarsiz usulda ishlatilmasa, undan nima foyda? Masalan, bu juda katta kutubxonaga ega bo‘lib, lekin umuman kitob o‘qimaslikka o‘xshaydi.

— O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida bir qator islohotlar amalga oshirildi. Shu o‘rinda ular orasida eng konseptual deb hisoblaydigan islohotlarni sanab bersangiz.

 Men uchun eng muhimlari bu “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashkil etilishi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, degan bo‘lardim.

 2020-yilda mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini muvofiqlashtiruvchi va davlat siyosatini olib boruvchi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Agentlikning asosiy yo‘nalishlari etib, korrupsiyaning oldini olish, yaʼni preventiv mexanizmlarni kuchaytirish belgilandi. Ushbu shakldagi idoralar qaysi davlatlarda samarali faoliyat ko‘rsatmoqda hamda bugungi O‘zbekiston sharoitidan kelib chiqadigan bo‘lsak, bu yo‘lning tanlangani qanchalik to‘g‘ri?

 Ko‘pgina mamlakatlarda, masalan, Sloveniya, Fransiya, Chernogoriyada (va bu hali hammasi emas) aynan ushbu yo‘l tanlangan. Yo‘lingizning tavsifiga kelsak, umuman olganda, korrupsiyaga qarshi preventiv agentlikning tashkil etilishi bu xavfsiz yo‘l, degan bo‘lardim. Nega? Chunki u zarur tayyorgarlik ishlari olib borilib, shundan so‘ng (yoki to‘plangan muvaffaqiyatlar asosida) ko‘p funksiyali agentlik tuzilishi mumkin.

— Korruspiya holatini baholash bo‘yicha yetakchi xalqaro reytinglar mamlakatlardagi korrupsiya darajasini belgilashni qanchalik to‘liq ochib bera oladi, deb hisoblaysiz?

 Savolning birinchi qismiga kelsak, janob Uinston Cherchillning so‘zlaridan iqtibos keltirishga va bu holatga o‘xshatma ishlatishga ijozat berasiz: “Demokratiya bu boshqaruvning eng yomon shaklidir, albatta, boshqa barcha sinovlardan o‘tkazilgan turlaridan tashqari”. U nimani nazarda tutgan edi, siz demokratiyani boshqaruv shakli sifatida yoqtirmasligingiz mumkin, ammo insoniyat shu vaqtgacha undan yaxshiroq narsani ixtiro qildimikan? Boshqacha qilib aytganda, bizda yana nima bor?

Savolga qaytadigan bo‘lsam, parallellikni keltiraman. Ha, albatta, baʼzi indekslar bilan bog‘liq muammolar mavjud va ushbu indekslar mualliflari buni o‘zlari tan olishadi. Biroq korrupsiyaga qarshi ekspertlar hamjamiyati doimiy ravishda indekslarni yaxshilash va yangi indekslarni yaratish ustida ishlamoqda. Ishonamanki, 5-10 yil ichida prinsipial jihatdan yangi va o‘ta izchil ko‘rsatkichlar paydo bo‘ladi.

— Yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlariga faol jalb qilish uchun qanday jihatlar va choralarga eʼtibor qaratish lozim?

Frensis Bekon aytganidek, “Agar keksalar qila olganlarida, yoshlar esa bilganlarida edi”. Bu gapi bilan u yoshlar katta kuchga ega ekanliklarini, ammo asl donishmandlik sohiblari – bu hikmatni o‘z tajribasiga tayanib, boshqalarning xatolaridan saboq olib, to‘plagan yoshi ulug‘ insonlar ekanligini taʼkidlamoqchi bo‘lgan. O‘zgarishlarni amalga oshirishda yoshlarning kuchi juda katta. Yoshlarni samarali jalb etish uchun, birinchi navbatda, ular bilan ularning o‘z tilida gaplashish zarur. Ikkinchidan, yoshlar bilan, avvalo, ularga o‘rnak bo‘ladiganlar, yaʼni ko‘ngliga xush kelib, ishonchidan bahramand bo‘lgan insonlar gaplashishi kerak.

— Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida kelgusida qaysi yo‘nalishlarga eʼtibor qaratish lozim deb hisoblaysiz?

 Vaziyatga mustaqil kuzatuvchi sifatida nazar tashlasam, ko‘p muammolar va ustuvor vazifalar mavjud manzarani ko‘raman. Ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha: Birinchidan, qatʼiy va yengil xalqaro huquqiy hujjatlarni qo‘llash orqali korrupsiyaga qarshi kurashishning institutsional asoslarini mustahkamlash zarur.

Ikkinchidan, ilg‘or xalqaro tajriba va qatʼiy va yengil xalqaro huquqiy hujjatlarga asoslangan Korrupsiyaga qarshi kurashish Strategiyasini qabul qilish lozim.

Uchinchidan, fuqarolik jamiyatini (birinchi navbatda, NNT) barpo qilish masalalarini, uning faoliyati va ishtirokini tartibga soluvchi qonunchilik va amaliyotni takomillashtirish kerak. Boshqacha qilib aytganda, kurashga “talab”ni kuchaytirish va bu fuqarolik jamiyatining samarali faoliyati bilan bog‘liq boshqa qonunchilik hujjatlarini ham isloh qilishni nazarda tutadi.

To‘rtinchidan, korrupsiyaga qarshi kurash choralarini hududlarga olib borish.

Beshinchidan, korrupsiya haqida xabar beruvchilarni himoya qilish va tegishli qonunchilikni isloh qilish.

Oltinchidan, sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar.

Yettinchidan, qonunlar ijrosini taʼminlash va korrupsiya uchun jazo muqarrar ekanligi haqida jamoatchilikka qatʼiy xabar berish.

Bularning barchasi birgalikda jamoatchilik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashning kuchli qo‘llab-quvvatlanishini va bu boradagi islohotlarga aholining ishonchini oshiradi.

Maqola yuklab olish

Statistika

Кўчирилди

Ko'chirilganligi xaqida ma'lumot yuk.

Maqola tafsilotlari

Annotasiyani ko'rishlar soni 41
inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов