Qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga Qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish : kecha va bugun

Bobur SAIDBEKOV
Ulashish

Abstrak

Mazkur maqolada qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tushunchasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari, rivojlanish bosqichlari keltirilib, ushbu sohada erishilgan yutuqlar xususida fikr yuritiladi.

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

[1]
SAIDBEKOV Б. 2023. Qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga Qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish : kecha va bugun. Uzbekistan Anti-Corruption Digest. 2, 2 (Jan. 2023), 3–5. DOI:https://doi.org/10.47689/uacd-2181-3345--vol2-iss2-pp3-5.

Muallif biografiyasi

Bobur SAIDBEKOV, O’zbekiston respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarini korrupsiyaga

qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish hisoblanadi.

So‘nggi besh yillikda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohadagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga qaratilgan 80 dan ortiq qonunchilik hujjatlari qabul qilindi.

Natijada O‘zbekiston Transparency International xalqaro tashkilotidagi o‘z mavqeini 17 pog‘onaga, Boshqaruv sifati indikatorlarining (Worldwide Governance Indicators) Korrupsiyani tiyib turish (Control of Corruption) indikatorida esa 10 pog‘onaga yaxshiladi, davlat boshqaruvida jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratildi, mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligi yo‘lga qo‘yildi.

Shu bilan birgalikda, korrupsiyaviy huquqbuzarlik sabablariga aynan bir vosita yoki usul orqali yechim berish imkonsiz. U davlat boshqaruvining barcha tarmoqlarini qamrab oladigan kompleks vositalarni talab qiladi. Korrupsiyani oldini olishning samarali profilaktik vositalaridan biri esa, shubhasiz, qonunchilik hujjatlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi sanaladi.

Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini tashkil etish davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlardan biri sifatida e’tirof etilgan.

Amaldagi qonunchilikda berilgan ta’rifga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi ekspertiza normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyaviy omillarni aniqlash, aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish va choralar ko‘rishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar majmui hisoblanadi.

O‘zbekistonda normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish faoliyati 2006-yilda boshlangan bo‘lib, uning shakllanish tarixini shartli ravishda bir necha davrlarga bo‘lish mumkin. Jumladan:

2006-2009-yillarda Iqtisodiy tadqiqotlar markazida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi ko‘magida korrupsiyaga qarshi ekspertiza metodlariga tayanilgan bir qator tadqiqotlar o‘tkazildi. Ushbu tadqiqotlarda xususiylashtirish, ulgurji va chakana savdo, tashqi savdo operatsiyalari, bank xizmatlari, texnik jihatdan tartibga solish hamda davlat xaridlari va soliq qonunchiligini tartibga soluvchi hujjatlar o‘rganildi.

Mazkur faoliyatning huquqiy asoslarini yaratish uchun 2011-yilda dastlabki qadamlar qo‘yilib, Adliya vazirligi tomonidan maxsus metodika ishlab chiqildi. Uning asosida 2015-yilda Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish uslubiyoti (ro‘yxat raqami 2745, 25.12.2015) qabul qilindi.

Ta’kidlash joizki, ushbu davrda qonunchilik hujjatlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi mustaqil jarayon sifatida emas balki huquqiy ekspertiza doirasida o‘tkazib kelingan, korrupsiyaviy omillar turlari to‘liq yoritilmagan hamda ekspertizani o‘tkazish yuridik soha vakili bo‘lmagan shaxslar uchun ma’lum qiyinchiliklarni vujudga keltirgan.

2021 yilga kelib, yangi tahrirda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi” qonunning 25-moddasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari huquqiy ekspertiza bilan bir qatorda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan ham o‘tkazilishi shartligi to‘g‘risida qat’iy norma belgilandi. Shu yilning o‘zida, Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 3287, 24.02.2021) qabul qilindi.

Mazkur nizom korrupsiyaviy omillarni aniqlash bo‘yicha uslubiyot va 4 ta yo‘nalishdagi 23 xil korrupsiyaviy omildan iborat namunaviy savolnoma – cheklistni o‘z ichiga olgan. Bunda har bir omillar bo‘yicha keltirilgan aniq misollar yordamida barcha shaxslar qonunchilik hujjatlaridagi korrupsiyaviy normalarni aniqlay olishi mumkin.

Qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tizimining rivojlanishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktabrda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5263-son qarorining qabul qilinishi bilan yangi bosqichga kirdi.

Ushbu qaror bilan joriy qilingan tizimga muvofiq ilk bor amaldagi qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Natijada 2021-yilning o‘zida Adliya vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda aholi va tadbirkorlik subyektlarining kundalik hayotini tartibga soluvchi 800 dan ortiq qonunchilik hujjatlari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazildi.

Mazkur hujjatlarning 224 tasida yoki 28 foizida 650 dan ortiq korrupsiyaviy omillar aniqlandi va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Bu borada ishlarni tizimli davom ettirish va 2026-yilga kelib amaldagi barcha qonunchilik hujjatlarini (jami 21 mingdan ortiq) korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish reja-grafigi Davlat rahbarining yuqorida aytib o‘tilgan qarori bilan tasdiqlandi. Unga ko‘ra, birgina joriy yilning o‘zida ijtimoiy himoya, bank va moliya, tadbirkorlik va bojxona sohalariga oid 1800 dan ortiq qonunchilik hujjatlari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi. Bunga zarur bo‘lgan barcha chora-tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-martdagi “2022-yilda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 140-son qarori bilan belgilab berildi.

Adliya vazirligiga esa davlat organlari va tashkilotlarining qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga uslubiy yordam ko‘rsatish vazifasi yuklatildi.

Bundan tashqari, xorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasidan kelib chiqib korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish jarayonlariga jamoatchilik, ilmiy tashkilotlar va mustaqil ekspertlarni keng jalb qilishning huquqiy asoslari ham yaratildi.

Endilikda mazkur sohaga qiziqish bildirgan shaxslar Adliya vazirligi tomonidan yuritiladigan Qonunchilik hujjatlari va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspertlar reyestriga kiritilib, mustaqil yoki ilmiy ekspert sifatida faoliyat yuritishlari mumkin. Bunda ularning qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha xulosalari davlat organlari va tashkilotlari tomonidan majburiy ko‘rib chiqiladi.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki bugungi kunda yurtimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishda qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tizimining xalqaro standartlarga asoslangan barcha samarali mexanizmlari joriy qilinmoqda.

Maqola yuklab olish

Statistika

Кўчирилди

Ko'chirilganligi xaqida ma'lumot yuk.

Maqola tafsilotlari

Annotasiyani ko'rishlar soni 0
inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов