Korupsiyaga qarshi kurshda jamoatchiliknindning roli

Bobur Bekmurodov
Ulashish

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

[1]
Bekmurodov Б. 2021. Korupsiyaga qarshi kurshda jamoatchiliknindning roli. Uzbekistan Anti-Corruption Digest. 1, 1 (Dec. 2021), 30–32. DOI:https://doi.org/10.47689/uacd-2181-3345--vol1-iss1-pp33-36.

Muallif biografiyasi

Bobur Bekmurodov, “Юксалиш” умуммиллий ҳаракати раиси

O'zbek jamoat va siyosiy arbobi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, 2020-yil 27-iyuldan “Yuxalish” milliy harakati raisi.

Bugun mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston uchun tamoman yangi bo‘lgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi muhim Qonunlar qabul qilindi.

Har bir vazirlik va idorada, xo‘jalik boshqaruvi organlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda “komplayens nazorat” (Compliance control) tizimi joriy etilmoqda.

Budjet ochiqligini taʼminlashga xizmat qiluvchi: openbudget.uz; d.xarid.uz; e-xarid.uz; cooperation.uz; kabi maxsus portallar ishga tushirildi.

Davlat xizmatiga ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi yaratildi.

2020-yilning dekabr oyida “Open Data Watch” xalqaro notijorat tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan ochiq maʼlumotlar reytingida O‘zbekiston 63 ball bilan jahon bo‘yicha 187 mamlakat orasidan 44-o‘rinni, Markaziy Osiyoda esa 1-o‘rinni egalladi.

Bir so‘z bilan aytganda, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashda jiddiy qadamlar tashlandi. Ammo hali qilinadigan ishlar ham yetarlicha ko‘p. Chunki korrupsiya holatlari barcha darajada hali ham mavjud. Xo‘sh, korrupsiyaga qarshi kurash faqat davlat idoralarining ishimi yoki oddiy fuqarolarning ham vazifasimi? Boshqa sohalardagi muammolarni, ayniqsa, ijtimoiy masalalarni hal etishda faol fuqarolar, nodavlat-notijorat tashkilotlari ishtirok etishmoqda-ku. Demak, korrupsiyaga qarshi kurashda ham NNTlar
faol bo‘lmog‘i lozim. Ammo bu jarayon bizda hali
boshlang‘ich bosqichda deb aytishimiz mumkin. Xalqaro va xorijiy tajribaga ko‘ra rivojlangan mamlakatlarda fuqarolar davlat idoralari ustidan fuqarolik nazoratini juda faol amalga oshiradi. Davlat hokimiyati organlari mustaqil NNTlarni jamoatchilik nazoratini amalga oshirishida har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
14-moddasiga muvofiq, “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolar:

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda ishtirok etishi;

korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi;

korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishi;

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin”.

Shuningdek, “nodavlat-notijorat tashkilotlari ushbu moddada nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida idoralararo komissiya va hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatida, shuningdek, davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoat-maslahat organlari faoliyatida qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etadi”.

Bugun O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, nodavlat notijorat tashkilotlari demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularning ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini taʼminlashga ko‘maklashmoqda. Masalan, yaqinda “O‘zbekistonda ochiqlik va shaffoflik” tahlil markazi, yaʼni korrupsiya va shaffoflikni o‘rganadigan mustaqil NNT ro‘yxatdan o‘tdi. Markazning asosiy maqsadi – jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllanishiga ko‘maklashish hamda davlat boshqaruvida ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat. To‘g‘ri, bu NNT endi o‘z faoliyatini boshladi, ammo bu ijobiy tendensiya. Ushbu yo‘nalishdagi NNTlar ko‘payishi va ularni qo‘llab-quvvatlash zarur.

“Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarga baho berishga bag‘ishlangan 100 nafar xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirok etgan global ekspertlik so‘rovi natijalari ham shuni ko‘rsatmoqdaki, O‘zbekiston ravnaqiga eng katta to‘siq bo‘layotgan muammo bu aynan korrupsiyadir. So‘rovda qatnashgan ekspertlarning deyarli barchasi korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish zarurligini taʼkidlaganlar.

“Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini qo‘llab-quvvatlash borasida ham bir nechta yo‘nalishda loyihalar amalga oshirildi. Xususan, avvalo, bu – sohalar kesimida korrupsiyaviy xatarlarni chuqur tadqiq qilish yo‘nalishi.

Bu yo‘nalishda “Yuksalish” umummilliy harakati, Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat-notijorat tashkiloti hamkorligida “Antikorrupsion laboratoriyalar” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Loyihaning maqsadi keng jamoatchilikni jalb etgan holda korrupsion xatarlar yuqori bo‘lgan sohalarda chuqur tahlillar o‘tkazish, sohada korrupsiyaga barham berish uchun qonunchilik va tartib-tamoyillarni o‘zgartirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Bunda laboratoriya ob’yekti sifatida tanlangan sohaning aniq bir mavzusi belgilab olinadi va korrupsion zanjirning barcha bo‘g‘inlari tadqiq qilinib, asl sabablari va mohiyati aniqlanadi.

Dastlab “Antikorrupsion laboratoriyalar”ning ilk mavzusi sifatida maktab taʼlimiga birinchi sinfga qabul qilish jarayonlari tanlab olingan edi. Loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasining 14 ta hududida jami 114 ta o‘rta taʼlim maktablarida maktab direktorlari, birinchi sinf o‘qituvchilari va o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida so‘rovlar o‘tkazildi. Ilk natijalarning ko‘lami juda ham keng. Hozirgi paytda to‘plangan maʼlumotlar umumiylashtirilib, tahlil qilinmoqda. Tahlil natijalariga ko‘ra, korrupsiya xatarlari bo‘yicha keng qamrovli hisobot va tavsiyalar ishlab chiqilib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Milliy kengash va parlamentga taqdim etilishi rejalashtirilgan. Fikrimizcha, fuqarolik jamiyati va ekspertlar ishtirokidagi shunday laboratoriyalarning qamrovini kengaytirish va ko‘proq sohalarni qamrab olish orqali salmoqli natijalarga erishish mumkin deb hisoblaymiz.

Ikkinchi yo‘nalish korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha fuqarolik jamiyati institutlari tashkiliy salohiyatini oshirishdan iboratdir.

Loyihaning maqsadi – davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatida korrupsiyaviy xatarlarni aniqlash va barham berishda mahalliy jamoatchilik, fuqarolik jamiyati institutlari salohiyatini oshirishdir.

Harakat tomonidan shu kunga qadar 30 ga yaqin vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyatlar huzuridagi jamoatchilik kengashlarining jamoatchilik monitoringini amalga oshirish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus treninglar o‘tkazildi, grantlar berildi. Bu boradagi eng yaxshi tajribalar mahalliy darajaga tatbiq etilmoqda. Natijada, ko‘ryapmizki, jamoatchilik kengashlari aʼzolari – faol fuqarolar va nodavlat sektor vakillari davlat idoralari va mahalliy hokimiyatlar faoliyati ustidan samarali monitoring o‘rnatayotgani, jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazib kelayotgani, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mahalliy kengashlar va huquq-tartibot organlariga maʼlumotnoma yoki monitoring hisobotlarini kiritish amaliyotlari tobora ko‘paymoqda. Bugungi kunda Xorazm, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida jamoatchilik kengashlarining faoliyatini namuna sifatida o‘rganish mumkin bo‘lgan tajribalardan deb hisoblaymiz.

“Yuksalish” umummilliy harakatining ushbu yo‘nalishdagi yana bir muhim loyihalaridan biri bu – mahalliy jurnalistlar va blogerlarning salohiyatini oshirishga qaratilgan media-maktablar hisoblanadi. Ushbu media-maktablarda jurnalist va blogerlarning surishtiruv salohiyatini oshirishga qaratilgan treninglar o‘tkazib kelinmoqda. Shu paytga qadar media-maktablarda 150 dan ziyod mahalliy jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, harakat tomonidan tashkil etilgan nodavlat-notijorat tashkilotlari maktablarida ham nodavlat sektor vakillarini davlat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik monitoringini amalga oshirish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazilib, ularga zarur ko‘nikmalar, huquqiy va metodik maslahatlar berib borilmoqda. Ushbu NNT maktablarida ayni paytga qadar 100 dan ziyod nodavlat tashkilotlar ishtirok etdi.

Ushbu illatga barham berishda davlat hamda nodavlat tashkilotlarining, umuman, jamoatchilik saʼy-harakatlarining hamohangligi, uyg‘unligi talab etiladi. Yaʼni korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy harakatga aylansagina, bu boradagi ishlar samarali bo‘ladi.

Bizning fikrimizcha, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayoniga fuqarolik jamiyati institutlarini yana-da kengroq jalb qilish uchun quyidagilarga eʼtibor qaratish zarur:

– korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha fuqarolik jamiyati tarmoqlarini yaratish, ularni davlat tomonidan moddiy-moliyaviy, siyosiy-huquqiy va zarur instrumentlar bilan taʼminlab borish;

– xalqaro donorlar hamda davlat tomonidan ajratilayotgan subsidiya va grantlarda fuqarolik jamiyati institutlarini nazarda tutuvchi jamoatchilik nazorati komponenti bo‘lishi shart;

– asosiy faoliyati korrupsiyaga qarshi tizimli kurashish bo‘lgan nodavlat-notijorat tashkilotlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, bunday NNTlar sonini oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

– korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida sohalar bo‘yicha tadqiqotlarni izchil o‘tkazib borish, chuqur tahlilga asoslangan qarorlarni qabul qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu borada “Antikorrupsion laboratoriyalar” faoliyati ijobiy asos sifatida xizmat qilishi mumkin;

– mahalliy darajada (joylarda) fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi salohiyatini hamda vakolatlarini oshirishga kengroq eʼtibor qaratish lozim;

– joylarda davlat hokimiyati idoralari tomonidan mahalliy NNTlar uchun grantlar va ijtimoiy buyurtmalarni yo‘lga qo‘yish orqali davlat va nodavlat institutlar hamkorligini kuchaytirish (xalqaro tajribaga ko‘ra korrupsiyani oldini olishda muhim omil hisoblanadi).

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev lavozimga kirishishi bo‘yicha tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqida taʼkidlaganidek, “Lekin hammamiz yaxshi tushunamizki, korrupsiya balosiga qarshi faqat davlat-huquqiy choralar bilangina kurashib bo‘lmaydi. Buning uchun butun jamiyatimizda, avvalo, yoshlar ongida bu illatga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, barcha sog‘lom kuchlarni birlashtirish hal qiluvchi ahamiyatga ega”.

Maqola yuklab olish

Statistika

Кўчирилди

Ko'chirilganligi xaqida ma'lumot yuk.

Maqola tafsilotlari

Annotasiyani ko'rishlar soni 161
inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов