2023-yil 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-son Qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Uzbekistan Anti-Corruption Digest” elektron jurnalida chop etiladigan ilmiy maqolalar qo‘lyozmalariga qo‘yiladigan minimal talablar
“Uzbekistan Anti-Corruption Digest” elektron jurnaliga korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan mavzulardan biri bo‘yicha tizimli tahlil hamda zaruratga ko‘ra, amaliy takliflar aks etgan bo‘lishi, konstitutsiya, qonunlar va boshqa normativ – huquqiy hujjatlarning mohiyati, maqsadi, amaliy – nazariy va siyosiy – huquqiy jihatlarining yoritib berilishi, sohaga oid jinoyatchilikning oldini olish va profilaktikasi yo‘nalishida tahlillar asosida ilmiy ishlanmalar, alohida yo‘nalishni takomillashtirish bo‘yicha olimlarning qarashlari, doktorant va mustaqil izlanuvchining ilmiy izlanish natijalarini jamoaga eʼlon qilinishi, ijtimoiy – huquqiy sohada qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotini yoritish hamda aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, huquqiy axborot bilan taʼminlash hamda yuridik fanni takomillashtirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha hamda sohaga oid masʼul tuzilmalar vakillari va boshqa amaliyotchilarning maqolalari qabul qilinadi.
Tahririyatga yuborilgan barcha materiallar jurnalning Tahrir hayʼati tomonidan ekspertizadan o‘tkaziladi. Tahririyat tomonidan maʼqullangan maqolalar jurnalda eʼlon qilinadi.
Yuborilgan har bir maqolaning hajmi 2–15 bet oralig‘ida bo‘lishi lozim. Barcha materiallarni digest@anticorruption.uz elektron pochtasi orqali yuboriladi Mualliflar taqdim etishi zarur bo‘lgan maʼlumotlar:
Familiyasi, ismi, otasining ismi (to‘liq).
Ilmiy darajasi (mavjud bo‘lganda).
Ilmiy unvoni (mavjud bo‘lganda).
Ish joyi va lovozimi (tashkilot (OTM)ning to‘liq nomi, shahar va mamlakat ko‘rsatilgan holda).
Elektron pochtasi (e-mail).
Telefon raqami (mob., uy).
Maqolani rasmiylashtirishga qo‘yilgan talablar:
Matn – Microsoft Word.
Format– A4.
Matnning ikki yonidan qoldiriladigan o‘lcham– 2 sm.
Shrift– Times New Roman.
Maqola matni uchun shriftning kattaligi – 12, metamaʼlumotlar uchun –12.
Maqolaning nomi – bosma harflarda markazdan qo‘yiladi.
Muallifning ismi, familiyasi, otasining ismi, ish joyi, (o‘qish joyi) haqidagi maʼlumot maqola yuqori qismining o‘ng tarafiga kichik harflarda kursiv bilan yoziladi.
Annotatsiya o‘zbek, rus, ingliz tillarida (12 shrift, 1 interval oraliqda) yozilishi lozim. Annotatsiyada mavzuning tasnifi, ishning maqsadi va erishilgan natijalar, ishning ilmiy yangiligi bilan bog‘liq maʼlumotlar beriladi. So‘zlar soni 150-200 so‘z oralig‘ida bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Kalit so‘z va iboralar – (5-7 tadan kam bo‘lmagan) uch tilda– o‘zbek, rus, ingliz tillarida beriladi.
Maqola matni – kengligi bo‘yicha tekislangan bo‘lishi kerak.
Maqolaning tuzilishi: kirish, asosiy qism va xulosa ajratib ko‘rsatilishi shart.
Muallifning ismi-familiyasi, otasining ismi ajratilgan holda yoziladi: A. N. Nurmatov (maqolada), Nurmatov A. N. (adabiyotlar ro‘yxatida).
Matndagi havolalar quyidagi tartibda shakllantiriladi; (1, 195), (3, 20; 7, 68), (4).
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo tartibida, 12 shriftda tartib bilan ko‘rsatilishi lozim.Faqatgina maqolada foydalanilgan adabiyotlar keltirilishi kerak. Shuningdek, adabiyotlar ro‘yxati transliteratsiya ko‘rinishida ham berilishi lozim. Maqola qo‘lyozmasi va ilova hujjatlarining elektron variantlari quyidagi manzil bo‘yicha yuborilishi kerak: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 8A-uy. Indeks: 100070. Tel. 71-202-04-02 (421) .
Quyidagi holatlarda maqola nashrga qabul qilinmaydi:
Maqola yuqorida keltirilgan talablarga mos kelmasa;
Birovning ilmiy fikr, xulosa va qarashlari o‘zlashtirilgan bo‘lsa (plagiat);
Tahrir hayʼati va ekspertlar tomonidan nashrga tavsiya etilmasa.