JURNAL VAZIFALARI
ANTIPLAGIAT SIYOSATI
ARXIV SIYOSATI
МУАЛЛИФЛИК ҲУҚУҚЛАРИ СИЁСАТИ
DAVRIYLIK
TAQRIZ
TAHRIRIYAT MAJBURIYATLARI
TAQRIZCHILAR MAJBURIYATLARI
MUALLIFLAR MAJBURIYATI
NOSHIRNING MAJBURIYATLARI
MUASSIS
OSHKORALIK SIYOSATI VA MANFAATLAR TO‘QNASHUVI
CHOP ETISH OLDI VA CHOP ETISHDAN KEYINGI NUSXALARNI JOYLASHTIRISH SIYOSATI
“Uzbekistan Anti-Corruption Digest” elektron jurnali tahririyatining siyosati
“Uzbekistan Anti-Corruption Digest” elektron jurnalining (keyingi o‘rinlarda – jurnal deb yuritiladi) asosiy maqsadi – mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlar, chora-tadbirlar to‘g‘risida, shuningdek, ushbu yo‘nalishda davlat idoralari, fuqarolik jamiyati institutlari, akademik doira vakillari va fuqarolar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida keng jamoatchilik va xalqaro hamjamiyatni xabardor qilib borishdan iborat.
JURNAL VAZIFALARI
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi yangiliklar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar;
korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot, innovatsion loyihalar va ularni amaliyotga joriy etish borasida erishilayotgan natijalarni keng jamoatchilik eʼtiboriga havola qilish;
korrupsiyaga qarshi kurashishda aholida korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida olib borilayotgan chora-tadbirlarni keng yoritish;
korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan tadqiqotchilarga maydon yaratish.
ANTIPLAGIAT SIYOSATI
Taqriz qilinadigan jurnallarda materiallarning chop etilishi ilmiy kommunikatsiyaning samarali usuli bo‘lib, ilmiy bilim va ko‘nikmalarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Chop etish etikasining buzilishi (plagiat, avval chop etilgan materiallarni chop etishga taqdim qilish, maʼlumotlarni buzib ko‘rsatish va sh.k.) axloqiy nuqtai nazardan nomaqbulgina bo‘lib qolmay, ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida ham to‘siq bo‘ladi. “Uzbekistan Anti-Corruption Digest” tahririyati bunday holatlarga qarshi bo‘lgan holda, mualliflar, noshirlar, muharrirlar, taqrizchilar va o‘quvchilar o‘z saʼy-harakatlarini birlashtirishi kerak, deb hisoblaydi va o‘z faoliyatida quyidagi tamoyillarga tayanadi:
ARXIV SIYOSATI
Arxiv siyosati jurnal arxivlarini saqlash va ulardan erkin foydalanishni taʼminlashga qaratilgan. Arxiv taqrizdan o‘tgan maqolalar matnlaridan, jurnalda chop etiladigan annotatsiyalar va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Jurnal maqolalarini topishni kengaytirilgan izlash orqali amalga oshirish mumkin (asos so‘zlar, muallif, nom, bo‘lim bo‘yicha).
MUALLIFLIK HUQUQLARI SIYOSATI
Jurnaldan foydalanish ochiq. Bu uning butun materiallari foydalanuvchilar uchun ochiqligini bildiradi. Bu maqolalarni o‘qish, yuklash, ulardan nusxa olish, tarqatish, chop etish va ularning to‘liq matnlariga havola yo‘llash, quyidagi shartlarga qatʼiy rioya etilganda, mumkin ekanligini anglatadi:
“Attribution” (“Atributsiya”) – tegishli mualliflik huquqining ko‘rsatilishini taʼminlash, litsenziyaga havolani taqdim etish va, agar o‘zgartishlar kiritilgan bo‘lsa, ularni ko‘rsatish kerak.
"inson va fuqaro huquqlari, erkinliklari va majburiyatlariga daxldor bo‘lgan istalgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, agar ular umumiy tanishuv uchun rasman eʼlon qilinmagan bo‘lsa, qo‘llanilishi mumkin emas"ligini hisobga olib, Qonun "qonunlar, qarorlar va shu kabilar"ni, shuningdek, ularning rasmiy tarjimalarini mualliflik huquqi obyektlaridan chiqarib tashlaydi. Bundan ana shunday matnlarning jurnalda chop qilinishi mualliflik huquqi belgilaydigan cheklashlarning yo‘qligi maʼnosida erkinligi kelib chiqadi.
Jurnaldagi maqolalardan ko‘chirma olishda quyidagi qoidalarga rioya etilishi shart:
ko‘chirma keltirilayotgan asarning muallifi va olingan o‘zlashma manbai albatta ko‘rsatilishi kerak;
b) ilmiy, tadqiqiy, bahslashuv, tanqid va axborot maqsadlaridagina ko‘chirma keltirishga yo‘l qo‘yiladi;
v) ko‘chirma hajmi ko‘chirma keltirish maqsadini oqlashi kerak.
Jurnal tahrir hayʼati maqolani ko‘rib chiqishda materialni Antiplagiat tizimi yordamida tekshirishi mumkin.
DAVRIYLIK
Jurnal bir yilda 4 marta elektron shaklda nashr etiladi va u o‘zida sohaning dolzarb mualliflik maqolalari va tahliliy materiallarni aks ettiradi.
TAQRIZ
Maqolalarni taqrizlash keyingi 5 yil ichida taqriz qilinayotgan maqola mavzusi bo‘yicha maqola chop etgan tegishli soha mutaxassisi tomonidan amalga oshiriladi. Maqola ekspertizasini o‘tkazish uchun u yoki bu taqrizchini tanlash to‘g‘risidagi qarorni bosh muharrir yoki chiqaruvchi muharrir qabul qiladi. Taqrizlash muddati taqrizchi bilan kelishiladi, lekin bir oydan oshmasligi kerak.
Qo‘lyozma ko‘rib chiqilishi yakunlariga ko‘ra taqrizchi quyidagi shkalaga muvofiq dalillangan tavsiya beradi: maqola hozirgi holatida chop etishga tavsiya etiladi; taqrizchi ko‘rsatgan kamchiliklar to‘ldirilgach, maqola chop etishga tavsiya etiladi; maqola qo‘shimcha ravishda boshqa mutaxassis taqriziga muhtoj; maqola ancha (matnning 15 foizidan ortiq) qayta ishlashga muhtoj; maqola jurnalda chop etishga yaroqsiz.
Taqrizda quyidagi masalalar yoritiladi:
maqolaning aniq ijobiy va salbiy tomonilarining bayoni, shuningdek maqolani to‘ldirish va unga qo‘shimcha qilish bo‘yicha takliflar.
Agar taqrizda maqolani to‘g‘rilash va qayta ishlashga tavsiyalar bo‘lsa, jurnal tahririyati muallifga ushbu tavsiyalarni, maqolaning yangi variantini tayyorlashda hisobga olish taklifi bilan birga jo‘natishi mumkin. Maqolani qayta ishlash o‘zgartishlar kiritish lozimligi haqida muallifga elektron xabar borgan vaqtdan boshlab 1 oydan oshmasligi kerak. Qayta ishlash oqibatida maqola tubdan o‘zgaradigan bo‘lsa, qayta taqrizga yuboriladi.
Ijobiy taqrizning mavjudligi maqola chop etilishi uchun zaruriy talab bo‘ladi, lekin muqarrar chop etilishini anglatmaydi. Chop etish to‘g‘risida yakuniy qarorni tahrir hayʼati qabul qiladi. Jurnal tahrir hayʼati tomonidan maqolani chop etish to‘g‘risida qaror qabul qilingach, tahririyat bu haqda muallifni xabardor qiladi va taxminiy chop etish muddatlarini ko‘rsatadi.
TAHRIRIYAT MAJBURIYATLARI
Jurnal noshiri chop etilayotgan maqolada barcha zamonaviy tavsiyalarga rioya etilishi yuzasidan tavsiyalarni qabul qiladi, shuningdek ilmiy materiallar ustidan qatʼiy nazorat majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Maqolani chop etish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi qaror jurnal bosh muharriri tomonidan qabul qilinadi. Bunday qaror asosida maqolaning originalligi, uning ilmiy ahamiyati, materialning haqqoniyligi va dalillarning ishonchliligi, shuningdek akademik diskurs talablariga muvofiqligi yotadi. Chop etish haqida qaror qabul qilinganda, bosh muharrir tahrir siyosatiga ham tayanadi, bunda mualliflik huquqlari, qonuniylik va plagiat borasidagi dolzarb yuridik talablar inobatga olinadi. Chop etish to‘g‘risida qaror qabul qilishda muharrir taqrizchilar va tahrir kengashi aʼzolari fikrlarini hisobga oladi.
Muharrir qo‘lyozmalar intellektual mazmunini mualliflarning irqi, jinsi, diniy qarashlari, kelib chiqishi, fuqaroligi yoki siyosiy qarashlaridan qatʼi nazar xolisona baholaydi.
Tahririyat taqrizlash va maqolalarni chop etish jarayonlarida maxfiylik tamoyiliga rioya etadi.
Chop etilmagan maʼlumotlar, maqolalarga aloqador shaxslar tomonidan ko‘rib chiqishga taqdim etilgan qo‘lyozmalar orqali olingan axborot yoki g‘oyalar maxfiy sanaladi va ular muallifning yozma roziligisiz shaxsiy tadqiqotlarda ishlatilishi mumkin emas.
Tahririyat chop etish siyosati va qo‘lyozmalarga talablarning shaffofligini taʼminlaydi. Shuningdek, u taqrizchilarni manfaatlar to‘qnashuvi ehtimolini minimallashtiradigan tarzda tanlashga va ko‘rib chiqilayotgan qo‘lyozmalarga qasddan yomon munosabatda bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiladi. Muharrirlar va taqrizchilar, o‘z tomonlaridan, mualliflar, kompaniyalar va, ehtimol, qo‘lyozma bilan bog‘liq boshqa tashkilotlar bilan raqobat, o‘zaro va boshqa tur aloqalari hamda munosabatlari oqibatida manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lganda, o‘z nomzodlaridan o‘zlari voz kechishlari lozim.
Ko‘rib chiqilgan qo‘lyozmalar yoki chop etilgan materiallarga taalluqli axloqiy daʼvolar tushgan holatda, bosh muharrir munosib choralarni ko‘radi, u muallif(lar) bilan asosli o‘zaro hamkorlikni, zarur hollarda tegishli tashkilotlar va tadqiqot markazlari bilan ishlashni ham o‘z ichiga oladi.
TAQRIZCHILAR MAJBURIYATLARI
Taqrizlash bosh muharrirga va tahrir kengashiga maqola haqida qaror qabul qilishda yordam beradi va, muallif bilan tegishlicha hamkorlik vositasida, maqola sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Maqolani ko‘rib chiqish uchun o‘z malakasi yetarli emasligini anglagan yoki taqrizni muddatida bajarish uchun yetarli vaqti bo‘lmagan taqrizchi bu haqda jurnal tahririyatini xabardor qiladi.
Taqrizchi taqriz qilinayotgan maqola mavzuiga oid va uning bibliografiyasiga kiritilmagan, chop etilgan ahamiyatli maqolalarni aniqlashga intiladi. Avvalda chop etilgan va maqolada keltiriladigan har qanday fikr (kuzatish, xulosa yoki dalil)ga maqolada tegishlicha bibliografik havola kerak bo‘ladi. Taqrizchi, shuningdek, ko‘rib chiqilayotgan maqola va taqrizchi ilmiy vakolati sohasida bo‘lgan har qanday boshqa chop etilgan ish o‘rtasidagi ahamiyatli o‘xshashlik va mos tushishlikka muharrirning eʼtiborini qaratishi kerak.
MUALLIFLAR MAJBURIYATI
Maqolalarga talablar
Maqolalar yuqorida keltirilgan talablarga muvofiq kelishi lozim.
Asllik va plagiat
Muallif u tomonidan to‘liq asl maqola taqdim etilganligini tasdiqlash va boshqa mualliflar ishlari yoki fikrlaridan foydalanilganda tegishli bibliografik havolalar yoki iqtiboslar keltirishi lozim.
Plagiat har qanday shaklda axloqqa zid harakat sanaladi va nomaqbuldir.
Ko‘psonlilik, ortiqchalilik va maqolalarning bir vaqtda chop etilishi
Muallif asosan bitta masalaga bag‘ishlangan maqolani bir jurnalda original maqola sifatida bittadan ko‘p chop etishi mumkin emas. Bitta maqolani bir vaqtda bittadan ko‘p jurnallarga taqdim etish axloqqa zid va nomaqbul ish deb hisoblanadi.
Shuningdek, avvalda chop etilgan maqolani boshqa jurnalga chop etish uchun jurnalga taqdim etish ham axloqqa zid va nomaqbul sanaladi.
Birlamchi manbalar eʼtirofi
Boshqa shaxslar hissalarini doim tan olish kerak. Muallif taqdim etilgan maqola tayyorlanishida ahamiyatga ega bo‘lgan maqolalarga havola ko‘rsatishi shart. Shaxsiy muloqotda, masalan suhbat asnosida, o‘zaro yozishmalarla yoki uchinchi tomon bilan muhokama jarayonida olingan maʼlumotlar birlamchi manbaning ochiq-ravshan yozma ruxsatisiz qo‘llanilishi yoki taqdim etilishi mumkin emas.
Maqola muallifligi
Maqolning g‘oyasini shakllantirishda, ishlab chiqishda, taqdim etilgan materialning ishlab chiqilishida yoki interpretatsiyasida sezilarli hissa qo‘shgan shaxslargina uning mualliflari bo‘lishlari mumkin. Sezilarli hissa qo‘shgan har kim hammuallif sifatida belgilanishi lozim.
Muallif maqolaga salmoqli hissa qo‘shgan barcha ishtirokchilar ko‘rsatilganiga, barcha hammualliflar ishning yakuniy talqinini ko‘rganliklari va tasdiqlaganliklariga hamda uni chop etishga taqdim etishga rozi ekanliklariga amin bo‘lishi kerak.
Chop etish uchun haq
Mualliflar uchun jurnalda maqola chop etish bepuldir.
Tahririyat mualliflardan materiallarni tayyorlash, joylashtirish va chop etish uchun haq olmaydi va maqolani tayyorlash hamda chop etish uchun qalam haqi ham to‘lamaydi. Muallifga qalam haqi istisno holatlarda, masalan, moliyalovchi tashkilotlar homiylik mablag‘i sifatida to‘lanishi mumkin.
NOSHIRNING MAJBURIYATLARI
Noshir mazkur talablarga muvofiq, jurnal muharrirlari, taqrizchilari va mualliflari tomonidan o‘zlarining axloqiy majburiyatlari bajarilishiga xizmat qiluvchi tamoyillar va taomillarga rioya etadi. Noshir reklama joylashtirish yoki reprintlar ishlab chiqarishdan olinadigan potensial foyda muharrirlar qarorlariga taʼsir qilmasligi kerakligiga tayanadi.
Noshir jurnal muharrirlariga chop etilayotgan materiallarning axloqiy jihatlariga daʼvolarni ko‘rib chiqishda ko‘mak beradi va boshqa jurnallar va/yoki nashriyotlar bilan o‘zaro aloqasida yordamlashadi.
Zarur hollarda, noshir ixtisoslashgan yuridik qo‘llab-quvvatlashni taʼminlaydi.
MUASSIS
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi.
OSHKORALIK SIYOSATI VA MANFAATLAR TO‘QNASHUVI
Ko‘rib chiqishga taqdim etilgan qo‘lyozmalardan olingan chop etilmagan maʼlumotlarni Muallifning yozma ruxsatisiz shaxsiy maqsadlarda ishlatish taqiqlanadi.
Taqriz qilish davomida olingan va ehtimoliy afzalliklar bilan bog‘liq bo‘lgan axborot yoki g‘oya maxfiy saqlanishi va shaxsiy foyda olish maqsadida qo‘llanmasligi kerak.
Mualliflar, kompaniyalar yoki taqdim etilgan ish bilan bog‘liq boshqa tashkilotlar bilan raqobat, o‘zaro va boshqa aloqalar hamda munosabatlar oqibatida manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lgan hollarda, Taqrizchilar qo‘lyozmalarni ko‘rib chiqishda qatnashmasliklari kerak.
CHOP ETISH OLDI VA CHOP ETISHDAN KEYINGI NUSXALARNI JOYLASHTIRISH SIYOSATI
Muallif maqolani taqdim etish jarayonida maqola boshqa ommaviy axborot vositalarida chop etilmagan yoki chop etish uchun qabul qilinmaganligini tasdiqlashi lozim. Jurnalga chop etilgan maqolaga havola ko‘rsatishda nashriyot jurnalning rasmiy saytiga havola (materialning to‘liq URL)ni joylashtirishni so‘raydi.
Avvalda muallif tomonidan boshqa nashriyotlarga aloqasi bo‘lmagan shaxsiy yoki ommaviy saytlarda joylangan maqolalar ko‘rib chiqishga qabul qilinadi.