Joriy nashr

Том 2 № 2 (2022)

Nashr qilingan: 27-01-2023

Korrupsiyaga qarshi kurashda ommaviy axborot vositalarining roli

Gulnora BOBOJONOVA

14-16

2023-01-27

doi

10.47689/uacd-2181-3345--vol2-iss2-pp14-16

 Maqolada ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazoratining muhim vositasi sifatida korrupsiya holatlari to‘g‘risida xabardor  qilish va jamiyatda, fuqarolarda, unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, unga qarshi kurashishda insonlarni faollashtirish imkoniyati va tarbiyaviy ahamiyatiga asosiy urg‘u qaratilgan.

Qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga Qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish : kecha va bugun

Bobur SAIDBEKOV

3-5

2023-01-27

doi

10.47689/uacd-2181-3345--vol2-iss2-pp3-5

Mazkur maqolada qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tushunchasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari, rivojlanish bosqichlari keltirilib, ushbu sohada erishilgan yutuqlar xususida fikr yuritiladi.

Kapital qurilish sohasida “korrupsiyasiz soha” loyihasi amalda

Qurilish vazirligi Ichki audit va komplayens nazorat boshqarmasi

10-13

2023-01-27


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5729-son Farmonida, 2019-yil 1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida, jamoatchilik va yetakchi ekspertlarni, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda dastlabki bosqichda kapital qurilish va oliy ta’lim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish, 2020-yil 1-apreldan boshlab loyihani boshqa sohalarga ham bosqichma-bosqich joriy etish belgilandi.


Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, kapital qurilish sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 33 ta banddan iborat “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasida axborot-tahliliy platformalarni joriy etish korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olishning muhim vositasi sifatida

Bahodir ISMOILOV ISMOILOV

17-21

2023-01-27

doi

10.47689/uacd-2181-3345--vol2-iss2-pp17–21

Davlat boshqaruvi jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini samarali joriy etishning asosiy ma’muriy jarayonlarni depersonalizatsiya va standartlashtirishga imkon berishi, korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilishining oldini olishi, davlat xizmatlari sifatini oshirish va fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonch darajasini oshirishga yordam bergan asosiy jihatlari xususida fikr yuritilgan.

Ichki ishlar organlari korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lida

Aziz IKRAMOV

6-9

2023-01-27

doi

10.47689/uacd-2181-3345--vol2-iss2-pp6-9

 Maqolada korrupsiyaga qarshi kurashishda Ichki ishlar organlarining ustuvor vazifalari qisqacha yoritilib, tizimda yo‘lga qo‘yilgan kadrlar tayyorlash milliy dasturlari va ushbu sohada amalga oshirilgan ishlarning kompleks tahlili ko‘rsatib o‘tilgan.

Qozog‘iston korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining asosiy yo‘nalishlari

Mustafa MUSLIMOV

22-26

2023-01-27

doi

10.47689/uacd-2181-3345--vol2-iss2-pp22–26


“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan profilaktika va jinoyat-huquqiy hujjatlarning oqilona muvozanatiga ega bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi yaratildi.
Fuqarolik jamiyati korrupsiyaga qarshi kurashda korrupsiyaga qarshi ta’lim va uning har qanday ko‘rinishlariga “mutlaq” murosasizlik muhitini shakllantirish orqali faol ishtirok etmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha mustaqil vakolatli organ – Qozog‘iston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunuvchi va unga hisobdor bo‘lgan Qozog‘iston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi tashkil etildi.
Agentlik davlatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining bosh ijrochisi sifatida o‘z faoliyatida samarali profilaktika, keng ko‘lamli ta’lim, jamiyat bilan konstruktiv hamkorlik va jinoyat-huquqiy chora-tadbirlar unsurlarini o‘zida mujassam etgan.
Loyiha boshqaruvi doirasida har bir davlat organi uchun korrupsiyaga qarshi kurashning namunaviy asosiy yo'nalishining joriy etilishi korrupsiyaga qarshi kurashish xizmatining muvofiqlashtiruvchi salohiyatini kuchaytirdi.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов