Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi joriy etilmoqda

Agentlik korruptsiyaga qarshi kurash
Ulashish

Abstrak

O‘zbekiston Respubli-kasi Prezidentining 2022 yil 12 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–81-sonli qarori bilan 2022 yil 1 martdan vazirlik, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida (keyingi o‘rinlarda – davlat tashkilotlari deb yuritiladi) korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash (keyingi o‘rinlarda – reyting baholash) tizimini joriy etish nazarda tutilgan.

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

[1]
korruptsiyaga qarshi kurash А. 2022. Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi joriy etilmoqda. Uzbekistan Anti-Corruption Digest. 2, 1 (Mar. 2022), 11–12.

O‘zbekiston Respubli-kasi Prezidentining
2022 yil 12 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–81-sonli qarori bilan 2022 yil
1 martdan vazirlik, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida (keyingi o‘rinlarda
– davlat tashkilotlari deb yuritiladi) korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash (keyingi o‘rinlarda – reyting baholash) tizimini joriy etish nazarda tutilgan.

Reyting baholash tizimining joriy etilishi davlat organlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarning samaradorlik darajasini aniqlash imkonini beradi.

Bu esa, o‘z navbatida, korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishda, shuningdek, korrupsiyaga oid xavfxatarlar yuqori bo‘lgan sohalar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etishda tegishli choralar ko‘rilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi, davlat organlari rahbarlarining masʼuliyati oshishiga xizmat qiladi.

Reyting baholash natijalariga ko‘ra:

– korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi qoniqarli deb topilgan davlat organlariga samaradorlikni yanada oshirish bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tavsiyalar kiritiladi;

– korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi qoniqarsiz deb topilgan davlat organlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi. Har chorakda yuqorida ko‘rsatilgan chora-tadbirlar dasturida belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi bo‘yicha tegishli davlat organi rahbarining hisoboti O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashida eshitiladi.

 Bundan tashqari, qaror bilan:

 davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash nizomi;

 davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlandi.

Sinov natijalariga ko‘ra, “E-Antikor.uz” elektron platformasi takomillashtirilib, keyinchalik barcha davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyat samaradorligini reyting baholash uchun qo‘llanilishi rejalashtirilgan.

 
Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash nizomini ishlab chiqishda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro standartlar inobatga olindi, uning ishlab chiqilishida Janubiy Koreya, Malayziya, Vyetnam, Litva, Ruminiya, Moldova kabi xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasidan foydalanildi.
 

Maqola yuklab olish

Statistika

Кўчирилди

Ko'chirilganligi xaqida ma'lumot yuk.

Maqola tafsilotlari

Annotasiyani ko'rishlar soni 45
inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов